Akamni nima qilish kerak?
Mening yoshim 30 da, oilam va bitta akam bor. Akam 33 yoshda, hammamiz ota-onamiz bilan birga turamiz. Ota-onam nafaqada, akam esa uyda. Ota-onam akamni yoshligidan erka qilib ishlatishmagan va harbiy xizmatdan olib qolish uchun ruhiy shifoxonaga yotqizishgan. Hozirgacha u erda nafaqasini uzaytirish uchun har yili 1 oyga yotadi. Uyda hamma ovqati bo‘lgani sababli, ishlashga harakat qilmagan. Akam nafaqasini olgan zaxoti ko‘chaga chiqib, klublarda 1-2 kun yo‘q bo‘lib ketadi va hamma pulini ishlatib qaytib keladi. Mening pulimni ham o‘g‘irlaydi va huddi shu tarzda ishlatib keladi. Hammamiz uyda xonamizni qulflab yuramiz. Men o‘qituvchi bo‘lib ishlayman va hamma ro‘zg‘or mening zimmamda. Etkaza olmayapman, chunki akam uyda ertalabdan kechgacha eb o‘tiradi. "Hovlini sotib 2 ta kvartira olaylik" desam, hovlini sotishga qarshi. Ijaraga uy olib chiqib ketaman desam, “bizni tashlab ketmoqchimisan?” deyishmoqda. Nima qilsam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Iloji bo‘lsa, biror davlat qaraydigan joyga yuboringlar. Misol uchun hozir alkashlarni davolaydigan erlar bor.
26 Май 2022, 17:51 | Савол-жавоблар | 144 | Dolzarb savollar