Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo‘’jizalar haqidagi kitoblar

Men Tojikistondan g‘oibona shogirdingiz Dilshodbek. Sizning Qur’on ilmlari kitobingizni o‘qish jarayonida Qur’oni Karimning ilmiy e’jozi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Shuningdek, "Tafsiri Hilol"ning muqaddimasidan va "Iymon" kitobidan ham bu haqda ma’lumot oldim. Sizning tavsiyangiz bilan tarjima qilingan buyuk olim Moris Byukayning kitoblarini ham o‘qib chiqdim. Kasbim litsey o‘qituvchisi bo‘lganim uchun ham Qur’on va sunnatdagi ilmiy mo‘’jizalarga qiziqishim katta va ularning targ‘ib qilish uchun kasbim tufayli imkoniyatim bor. Shuning uchun bu sohada qaysi adabiyotlardan foydalanishni tavsiya qilasiz? Yoki siz yozgan ma’lumotlar bilan kifoyalanganim ma’qulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yaqinda bu mavzuda bir kitob yozib bitirildi. Duo qilib tursangiz, Alloh taoloning yordami bilan chop etilib qolsa, barchamiz uni o‘qib foyda olamiz.

26 Май 2022, 17:53 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar