Oila (davomi)
Men oilam.uz saytida joylashgan «Bir vaqtning o‘zida aytilgan uch taloqning shar’iy hukmi» nomli maqola, android dasturlari uchun ishlab chiqilgan «Taloq» kitobi, hamda Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy rahmatullohi alayhning bemazhablar bilan bo‘lgan suhbatlarida bir vaqtning o‘zida aytilgan uch taloq haqidagi so‘zlarini o‘qib, o‘zim uchun tegishli xulosa chiqardim. Hurmatli hazrat, beradigan savollarim quyidagilardan iborat.
1. Sobiq turmush o‘rtog‘im besh yil avval uch taloq qo‘yib, menga bu haqda aytmay yashab, menga zulm qilganmi?
2. Qarindoshlarimdan biri uch taloqdan keyin er-xotin birga yashab bo‘lmasligini bilishgan. Lekin menga uch taloq tushganini aytishmagan. Ular bu holda gunohkor bo‘lishganmi?
3. Allohga hamd bo‘lsin, o‘zim hijobdaman, farz ibodatlarini bajaraman. Zino va unga yaqinlashtiruvchi amallardan uzoq turaman. Sobiq turmush o‘rtog‘im men bilan shuncha yil harom yashagan. Buni shuncha vaqt bilmay yashashimning hikmati bo‘lishi mumkinmi?
Qadrli vaqtingizni ketkazib javob yozganingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Sobiq turmush o‘rtog‘ingiz besh yil avval uch taloq qo‘yib, sizga bu haqda aytmay yashab, zulm qilgan. 2. Qarindoshlaringizdan biri uch taloqdan keyin er-xotin birga yashab bo‘lmasligini bila turib aytishmagan bo‘lsa, gunohkor bo‘lgan. 3. Sobiq turmush o‘rtog‘iingiz siz bilan shuncha yil harom yashagani va buni shuncha vaqt bilmay yashashingizning hikmati dinimizni har bir ishdagi hukmini bilmay yurishning oqibati yaxshi bo‘lmasligini anglab etishdir.
26 Май 2022, 17:53 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar