Sheriklikga harom pul aralashsa
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Biz oilada 4 farzandmiz, 3 o‘g‘il va 1 qiz. Men o‘g‘illarning kenjasiman. Men va o‘rtanchi akam hozir Rossiyada ishlayapmiz. Alhamdulillah ota-onamiz hayot, ishlab topgan pulimizni ota-onamizga beramiz va ular kimga va qaerga kerak bo‘lsa ishlatishadi. Meni bir narsa qiynayapti, akam Moskvada o‘zbekcha choyxonada ish boshladi. Men Sankt-Peterburgda mashina zavodida ish boshladim. Akam ishlaydigan choyxonada o‘zbek va boshqa xalqlar taomlari tayyorlanar ekan va go‘shtlar noshariy usul bilan so‘yiladi. Akam hozirda oshpazlikni o‘rganayapti, uning topgan puli harommi? Oilada topgan pulimiz o‘rtada. Harom bo‘lsa, men nima qilay? Ota-onamga topgan pulimni alohida hisoblashlarini, aralashtirmasligini aytaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Akangizning topgan puli harom. Ota-onaga topgan pulingizni alohida hisoblashlarini, aralashtirmasligini ayting.
26 Май 2022, 17:56 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar