Mol ekinzorni payxon qilsa

Agar bir kishining hovlisiga boshqa kishining moli kirib, ko‘chatlarini va ekinlarini payhon qilsa, hovlining egasi molning egasiga: “Molingni bog‘lab qo‘y, ekinimga ziyon etkazyabdi” desa, o‘sha molning egasi: "Hovlini qo‘riqlash, hovli egasining burchi, mol o‘z rizqini terib eb yuradi" desa, o‘sha kishining da’vosi to‘g‘rimi? Hovlini o‘sha mollardan, xovlining egasi qo‘riqlash kerakmi yoki mol egasi molni bog‘lash kerakmi? Hech bo‘lmasa kechasiga molni bog‘lab qo‘ysa bo‘lmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oxirgi gapingiz to‘g‘ri. Kunduzi ekinni egasi qo‘riqlaydi. Kechasi molning egasi bog‘laydi.

26 Май 2022, 18:02 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar