Tushdagi zino qilsa ham gunohkor bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, menga bir tanishim savol berdi uxlab yotganda tushida zino qilsa tushidagi zino tufayli ongida bo‘shalish bo‘lgan bo‘lsa bunday xolda u inson qiyomat kunida shu zinosini javobini beradimi? U inson zino qilgan xisoblanadimi? Uning amal daftariga zino qilgan deb yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Javob bermaydi. Zino qilgan hisoblanmaydi. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رُفِعَ الْقَلَمُ عَنْ ثَلَاثَةٍ؛ عَنِ النَّائِمِ حَتَّى يَسْتَيْقِظَ، وَعَنِ الصَّبِيِّ حَتَّى يَحْتَلِمَ، وَعَنِ الْمَجْنُونِ حَتَّى يَعْقِلَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qalam uch(toifa)dan ko‘tarilgan: uyqudagidan, toki uyg‘ongunicha, yosh boladan, toki ehtilom bo‘lgunicha, jinnidan, toki aqli kirgunicha», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Hokim sahih, degan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi qalamdan murod, taklif qalamidir. Shar’iy amallarni – takliflarni bajarmagan kishilarning, jumladan, namoz o‘qimaganlarning gunohlarini yozib turuvchi qalamdir.
Ushbu qalam uch toifa odamdan ko‘tarilgan bo‘lib, ular tomonidan shariat takliflari bajarilmasa ham, gunoh yozilmas ekan.
1. «Uyqudagidan, toki uyg‘ongunicha».
Chunki uyqudagi odamning ixtiyori o‘zida emas. Unda hushyorlik, bir narsani idrok qilish etishmaydi. Shuning uchun u shariat takliflarini qilmasa ham, gunohkor hisoblanmaydi.
2. «Yosh boladan, toki ehtilom bo‘lgunicha».
Balog‘at yoshidan kichik yoshdagi bolalarning aqliy va jismoniy kamoloti bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularning shar’iy takliflarni bajarishlari majburiy emas. Mabodo o‘sha takliflarga xilof qilsalar, gunoh yozilmaydi.
3. «Jinnidan, toki aqli kirgunicha».
Jinni odam ham ahli taklif emas. Shuning uchun ham Islomda, namozning sahih bo‘lish shartlari balog‘atga etganlik va aqlga bog‘liq, de¬yiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 19:03 | Савол-жавоблар | 198