Barlaviylar haqida

Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizga Robbimiz baraka bersin. Hindistonda Barlaviylar degan yo‘nalish bor ekan. Ularning e’tiqodlari islomga qanchalik to‘g‘ri keladi? Hozirda bizning yurtga ham ularning e’tiqodlari va kitoblari kirib kelayotgan ekan. Shu holatga munosabatingizni bilmoqchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo ushbu savolni yo‘llaganingiz uchun tashakkur. Hamma va har doim shunday bo‘lish kerak. Hozirgi kunda hamma narsa aralash - quralash bo‘lib ketdi. Ehtiyot bo‘lmagan odam adashib qolishi hech gap emas. Siz so‘rayotgan Barlaviylar toifasi haqidagi qisqacha ma’lumot qo‘yidagilardan iborat; - Barlaviylar toifasi Hindistoning Abrodesh viloyatining Bariliy shaharida paydo bo‘lgani uchun "Barlaviylar" nomini olgan. Bu toifa britaniya mustamlakasi davrida paydo bo‘lgan. Ular anbiyolar va avliyolar borasida o‘ta shiddatli g‘uluvga ketganlari bilan mashhur bo‘lganlar. Bu toifaning asoschisi Ahmad Rizoxon ibn Taqiy Alixon degan kimsa bo‘lib, u 1272 - 1340 hijriy sanalarda yashab o‘tgan. U o‘zini Abdu Mustafo deb atagan. Bu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bandasi degan ma’noni anglatadi va musulmonlarda bu ismni insonga qo‘yish mumkin emas. Barlaviylar jumaladan quyidagilar aqiydalarga ishonishadi; 1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning mutlaq noibidirlar. Olamning barchasi U zotning tasarrufidadir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam olamda nimani istasalar shuni qiladilar. Nimani, kimdan istasalar oladilar. U kishining amrini rad qiluvchi yo‘q va shunga o‘xshash narsalar.... 2. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dan keyin borliqni avliyolar tasarruf qiladilar. 3. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ilohlik darajasiga ko‘taradilar. 4. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning basharliklarini inkor qiladilar. U kishi hamma joyda, hamma vaqtda hoziru nozir deydilar. Bunga o‘xshash buzuq aqiydalari ko‘p. Ularning adashagani haqida ko‘plar kitoblar, maqolalar yozilgan, fatvolar chiqarilgan. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak. Kitoblarini o‘qimaslik kerak. Sizga yana bir bor tashakkur!

26 Май 2022, 18:10 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar