Maskan odoblari va hojatxonalar
Assalomu alaykum, biz uchun hurmatli va qadirli bo‘lgan Ustoz! Sizni "Maskan odoblari" maqolangizni o‘qib chiqdik va bu mavzuga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni boshqa kitoblaringizdan ham olganmiz, Allohga shukr. Siz ta’kidlab o‘tgan mana shu gaplarni hammamiz keng ma’noda tushunsak qaniydi. Maktablar va yuqori oliy o‘quv yurtlari, qolaversa jamoat joylari (bozor, kasalxona) larda mavjud bo‘lgan xojatxonalarga bir inson sifatida, musulmon sifatida haq ko‘z bilan qarasak. "Eh, musulmonlar, mas’ul odamlar ko‘zingiz qaerda?" degim keladi. Ustoz, savol-javob bo‘limining doimiy muxlisiman. Lekin bu mavzu haqida savollar juda-juda kam uchraydi. Bu biz hali poklikka e’tibor bermayotganimiz belgisi deb bilaman. Ommaviy Axborot vakillari ko‘zingiz qaerda, bunday rayon joylardagi holatlarni o‘rganib, muammoni echishda bizga yordam bermaysimiz-mi? Katta-katta harajat qilib qurgan binomizni hojatxonasi nega talabga javob bermayabdi? Iltimos Ustoz, duo qiling muammolarimiz yaxshi tomonga echilsin. Tashakkur sizga Ustoz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo mazkur va boshqa barcha muammolarimizning echilishida O‘zi madadkor bo‘lsin! Ammo Alloh taoloning O‘zi Qur’oni Karimda aytadiki: «Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas». Ya’ni banda bir yaxshilikka erishmoqchi bo‘lsa, o‘sha yaxshilikka etaklaydigan xislatlarni o‘zida mujassam etishi va unga erishish uchun urinishi lozim. Ana shundagina Alloh uning ishida yaxshi tomonga o‘zgarish hosil qiladi.
26 Май 2022, 18:10 | Савол-жавоблар | 184 | Turli savollar