Qasamni buzganda to‘lanadigan kafforatning miqdori qancha?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hurmatli ustoz, men bir paytlar qasam ichib, keyin uni buzib qo‘yganman. Shuning uchun uning kafforatini to‘lashim kerak. 3 xil usulda kafforat to‘lash haqida xabarim bor. Shundan 10 ta miskinning qornini to‘yg‘azishda uning miqdori qancha bo‘ladi? Agar bir kishi 10 ming so‘mga qorni to‘yadigan bo‘lsa 100 ming so‘m bo‘ladi 10 kishiga. Men kafforat uchun shuncha pulni to‘lasam bo‘ladimi? Buni o‘n kishiga beriladimi yoki shuncha miqdordagi pulni bir kishiga bersa ham bo‘ladimi? Qarindoshlarim orasidan muhtojiga shuni bersam kafforatimni to‘lagan bo‘lamanmi? Iltimos yordam bering, Allohdan qo‘rqyapman. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kafforot berilayotgan erdagi va vaqtdagi o‘rtacha taom bahosi olinadi. O‘n kishiga bergan afzal.

26 Май 2022, 18:13 | Савол-жавоблар | 213 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar