Muqtadiylar ham namozni qaytadan o‘qiydimi?

Biz xizmat safaridamiz, ikki-uch kishi birga jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz alhamdulillah. Birodarlarim yangi namozxon. Mening biroz tajviddan xabarim borligi uchun, imom bo‘lib o‘qib beraman. Lekin ko‘proq bomdod namozida vadiy sababli tahoratim sinadi. Bir necha bora ularga namozni qayta o‘qishligini aytdim. Ikki uchtasini aytmadim. Men nima qilishim kerak, bilmay qoldim. O‘zim tahoratni yangilab o‘qiyman, ular ham o‘qisinmi? Vadiy yoki maziy miqdori juda kam bo‘lsa ham, tekkan joy yuvilib tahorat yangilanadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. «Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik. Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q. Vadiy yoki maziy miqdori juda kam bo‘lsa ham, tekkan joy yuvilib tahorat yangilanadi. Imomning tahorati namoz vaqtida ketsa, namozni to‘xtatadi va muqtadiylarga xabar beradi.

26 Май 2022, 18:13 | Савол-жавоблар | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar