Ustoz maslaxat bering iltimos

Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz! Oilaviy muammoimizda sizdan maslahat so‘rashlikga ijozat bergaysiz! Ustoz men oilada katta farzandman. Yaqinda oilamizda bir muammo bo‘lib qoldi. Volidamga nisbatan Qiblagohimizning adashib xiyonat ko‘chasiga kirib qolganini shohidi bo‘lib turibman. Farzand uchun bu ishlarni bilish judayam og‘ir bo‘larkan. Nima qilishimi bilmay qoldim?! Ukam va singlim bor, yoshimiz katta bo‘lib boryapti. Shunday holatda etim qolishimiz va oilamiz buzilishi yaqin qolyapti. Ustoz, iltimos ayting, men nima qilay? Bir tomonda Volidam, bir tomonda Qiblagohim. Alloh siz bilan diydor ko‘rishishini nasib etsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kattalardan iltimos qilib, oilaning buzilmay qolishi choralarini ko‘ringlar.

26 Май 2022, 18:14 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar