Sheriklarim jumaga bormaydi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men avvalroq do‘konimdagi sheriklarim Juma namoziga bormasliklari va buni haromligini so‘rab bilgandim. Endi sheriklarimni Juma namoziga borishga yoki Juma paytida do‘konni yopishga ko‘ndira olmayapman. Men Juma namoziga borib kelgunimga qadar sheriklarim qilgan savdodagi ulushimni sadaqa qilib yuborsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi. Alloh taolo sheriklaringizga insofu tavfiq hamda rushdi hidoyat bersin! Ular ham siz bilan birga namozlarga borsin!

26 Май 2022, 18:15 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar