Uyni sifatsiz bajargan ustadan harajatni undirib olish
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men shu kunlarda uyimda qurilish ishlarini olib boryapman. Bir ustani jamoasi bilan poydevoridan to oxirgi g‘ishtini qo‘yguncha shartlashdim. Ular o‘z ishlarini bitkazib, ularni rozi qilib chiqardim. Biroq, suvoqchi va pol-navo qiluvchi ustalar tushgan asnoda ayon bo‘ldiki, poydevor, devorni kurishayotganda uyni tarxini 90 gradusga olmay, dioganalini chiqarmay qurilgan. Uyning devorlari qiyshiq. Devor urilganda ham g‘ishtlar joylashish tartibi yuqoridan pastga tenglik olinganda 4-5 sm farq qilyapti. Ustaning qolgan xatosini me’yyorga keltirish, to‘g‘rilash uchun mendan qo‘shimcha oshiqcha harajatni talab qiladi. Men o‘sha ustadan qilgan xatosi uchun harajatimni undirib olsam bo‘ladimi? Tashakkur va ehtirom ila, Osh shahridan Odiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday nizoli ishlar ikki taraf huzurida hal qilinadi.
26 Май 2022, 18:16 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday nizoli ishlar ikki taraf huzurida hal qilinadi.
26 Май 2022, 18:16 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar