Merosni baholash va taqsimlash

Oilada 4 o‘g‘il va 3 qizmiz. Afsuski, o‘z vaqtida meros taqsimot qilinmagan. Hozirda shuni hal qilishga bel bog‘laganman. Qizlar uzatilgan, ikki o‘g‘il alohida uy-joyli bo‘lishdi. O‘g‘illar ulushdan voz kechishgan. Ota-onamizdan qolgan uyda ikki aka-uka yashaymiz. Lekin ota-onamiz vafotidan keyin hovlida qolgan ikki o‘g‘il ham ko‘p uylarni yangitdan qurganmiz va hovli ko‘rinishi va qiymati tubdan o‘zgargan. 1) Meros qolgan davrdagi uyning holatini qanday qilib baholanadi - ota-ona olamdan o‘tgan davrdaginimi yoki bugungi kundaginimi? 2) Akamning bu taqsimotlarni amalga oshirishga xushi yo‘q. Juda ko‘p tushuntirdim-nafi sezilmayapti, faqat orqaga suryapti. Shu holda merosxo‘r qizlar oldidagi qarzning o‘zimga tegishli qismini berib rozi qilsam bo‘ladimi, men o‘z mulkimni halollab olamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ota-ona o‘tgan davrdagi. 2. Hammaga aytib, ilmli odam aralashuvi bilan qilsangiz bo‘ladi.

26 Май 2022, 18:20 | Савол-жавоблар | 180 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar