Turmushim buzilyapti, qanday yo‘l tutay?
Turmushga chiqqanimga 3 yil bo‘ldi. Deyarli bir yildan buyon ota uyimdaman. Avvaliga yaxshi yashadim, dadam qamalib qolgach, qaynonam va erim menga munosabatini o‘zgartirishdi. Qaynonam ota onamni haqorat qilavergach, men ham u kishiga gap qaytaradigan bo‘ldim. Shundan keyin erim uradigan odat chiqardi. Oxiri uyimga ketdim. Hozir u kishi boshqasiga uylanmoqchi. Javobimni berishdan bosh tortyapti. ZAGSni esa kestirmoqchi. Ota onam yarashtirish payida. Men esa yashashni hohlamayapman. Qizimiz bor. U kishi qat’iy qarorim yashamayman deyapti. Ota onam meni yalinib borib yashashga majbur etishyapti. Ularning oilasi boylikka berilganroq. Qaynonam “namoz o‘qimasdan ishni qil” deydi. O‘zim talabaman, ba’zan ishlarga ulgurolmayman. Istixora namoz o‘qidim. Uch martada ham qizil qora ranglar quriyotgan dengizni ko‘rdim. Iltimos maslahat bering, qanday yo‘l tutay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir narsa deyish qiyin. Biz doimo oilani saqlab qolishga maslahat beramiz.
26 Май 2022, 18:24 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bir narsa deyish qiyin. Biz doimo oilani saqlab qolishga maslahat beramiz.
26 Май 2022, 18:24 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar