Dam soldirishmi, yoxud folbinlik va sehrmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Mening do‘stim dam soldirishga bordi, unda xoxish bo‘lmasada u bordi. Birinchi kuni uni ishlari yurishmayotgani to‘g‘risida unga xabar berib dam soldirdi va "har kuni qatnang, toki ishingiz yurishmaguncha" deptilar. Do‘stim bir qizga ko‘ngil qo‘ygan, u qiz bilan xabarlashib turadi va o‘sha qiz haqida so‘radi "men shu qiz bilan baxtli bo‘lishni istar edim, bu qizni dilini org‘ritishni istamasdim" deb, duo so‘ragandek aytgan. Va dam soluvchi odam qizni rasmini so‘ragan. Ertasiga rasm olib borganda "u qiz bilan yulduzing yulduziga to‘g‘ri kelmadi, orani ochiq qilaver" deb aytgan. Endi do‘stim qayg‘uryapti, gunoh qilib folbinga bordimi? Yoki bu folbinlikka kirmaydimi? U odamning gapi rostmi? Iltimos menga ayting, men do‘stimga nima maslahat beray? E’tiboringiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Folbinlikka kiradi. Gunoh qilgan.

26 Май 2022, 18:33 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar