Ustoz maslahat bering…

Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz. Ustoz, oilaviy masala bo‘yicha sizning maslahatizga muhtojman! Oilam Allohning sinoviga uchrab 2 yil biroz sinovdamiz, bunga biz va onam sabr qilib kelmoqdamiz va farzlarimizni ado etib kelmoqdamiz. Ammo bu holatlarga otam besabrsizlik qilib kelyapti va bizga va onamga yomon muomalada bo‘lib kelyapti. Otamga ko‘p tushintirishlar qilyapmiz, yaxshi muomalada bo‘lib kelyapmiz, lekin 3-4 kun oldin bizlarga “senlarni tashlab ketaman, senlar bilan yashamayman”, degan gapni ko‘p qaytarib kelyapti. Ustoz, oilada katta farzandman, otam ishonch bilan shu gaplarni gapiryapti. Agar tashlab ketadigan bo‘lsa qanday yo‘l tutishimni maslahat berasiz! Allohim sizdan rozi bo‘sin va siz bilan diydor ko‘rishishni nasib qisin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo otangizga insof bersin! Ketmasligiga harakat qilinglar.

26 Май 2022, 18:33 | Савол-жавоблар | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar