Birovning ovqatini eyish haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz men hozirda chet elda ijaradagi uyda bir nechta odamlar bilan yashayman. Har kim o‘zi ovqat qilib eydi, o‘rtada hech qanaqa kelishuv yo‘q. Men ba’zida ovqat qilib muzlatgichga qo‘yib qo‘ysam, kimdir eb qo‘yadi. Masalliqlarni ham so‘ramasdan olib ishlatvorishadi, xuddi bu o‘zinikidek. Mana shunaqa qilgan odam birovning haqqiga xiyonat qilgan hisoblanadimi? Agar kim olganini bilib qolsam, unga bu ishi noto‘g‘ri ekanligini tushuntirish vojibmi? Agar gapirsam, “shu mayda chuydani ham hisoblab yuribsanmi?” deb urushib qolish mumkin. Yoki bilib bilmaslikka olib yuraveraymi, chidab?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shunaqa qilgan odam birovning haqqiga xiyonat qilgan hisoblanadi. Siz e’tiroz bildirishga haqlisiz.
26 Май 2022, 18:34 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar