Bir taloq
O‘tgan yili turmush o‘rtog‘im bilan qattiq janjanlashdik, keyin u menga achchig‘ini ustida “ket” dedi, lekin ketishimga yo‘l qo‘ymadi va 1-2 kun o‘tib 1 qori aka bilan uyga keldi va menga “ket deganimga o‘rtamizga 1 taloq tushibdi, nikoh o‘qitamiz” dedi va hech kimga bildirmay faqat guvohlikka turmush o‘rtog‘imning ukasi va o‘sha qori aka guvoh bo‘lishdi. Sizga berilgan savollar ichida “qoridan tashqari alohida bir kishi bo‘lishi shart, ya’ni qori guvoh bo‘lmaydi” debsiz. Shunga yuragim g‘ash. Bu holatda bizning nikohimiz qabul emasmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qoridan tashqari alohida bir kishi bo‘lishi shart deyilgan bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ingizning ukasi o‘sha bir kishidir. Qori guvoh bo‘lmaydi deganimiz qorining bir o‘zi deganimiz bo‘ladi.
26 Май 2022, 18:35 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar