Noy 2014 filmi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Shu yili suratga olingan "Noy" (Nuh alayhissalom) haqida ishlangan filmni nima uchundir musulmon davlatlarida qo‘yishga taqiq kuyishibdi. Albatta, payg‘ambarlar siymosini ko‘rsatish sharitaga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin masalaning ikkinchi jihati bor. U filmda payg‘ambar Nux alayhisalomni o‘z xalqini hidoyatga boshlash uchun chekkan azob uqubatlari, sitamlari, ayniqsa eng yaqin insonlari, zavjasi, farzandalari shuncha mo‘’jizaga guvoh bo‘lishib, tushunmasdan baribir u zotga qarshi chiqqanlari film kartinasida o‘z aksini topgan. Menimcha, film mushohada qilishga va fikrlashga undaydi. Agar payg‘ambarlarimiz bizlarni hidoyatga boshlash va to‘g‘ri yo‘lda yurishimiz uchun qilgan say harakatlarini bir oz bo‘lsada o‘ylaganimizda edi. Bugun 5 maxal namoz o‘qish va ro‘za tutishga og‘rinmagan, har xil vasvalar ketidan ergashmagan bo‘lardik deb uylayman. Sababi, ular ko‘rgan qiyinchiliklarni ozginasini ko‘rganimizda biz albatta unga bardosh beraolmasdik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulamolar o‘sha filmda katta xatolar borligi uchun ruxsat berishmagan.
26 Май 2022, 18:40 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ulamolar o‘sha filmda katta xatolar borligi uchun ruxsat berishmagan.
26 Май 2022, 18:40 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar