Hadislarning raqamlanishi hususida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Quyidagi internet sahifani o‘qiyotgan edim, https://www.islam.tc/beard/beard.html Keltirilgan hadislarni raqami bilan internetdan va Sahih Muslimning Abdulhamid Siddiq tomonidan qilingan ingliz tilidagi tarjiamasidan hamda Anvar Ahmad tomonidan qilingan o‘zbek tilidagi tarjimasidan qidirib solishtirib ko‘rdim. Lekin aksariyat hadislarnig raqamlari mos kelmayapti. Hadislarning raqamlash qoidasi bormi, qaysi biriga ishonsam bo‘ladi? Rahmat. Assalomu alaykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hadislarni raqamlash yangi paydo bo‘lgan odat. Bu borada hamma kelishib olgan va amal qiladigan umumiy qoida yo‘q. Shuning uchun turli nusxalarda turli raqamlar bo‘lib qolishi tabiiy holat.

26 Май 2022, 18:40 | Савол-жавоблар | 141 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar