Qarzimni oz bo‘lsada uzaymi, yoki qo‘y so‘yib tarqataymi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir namozxon do‘stim Sizdan bir masala xususida xat yozishimni so‘radi. Shu do‘stimning savolini yo‘llamoqdaman. Hazrat, Do‘stimning aytishicha yoshligidan ko‘pincha boshi og‘rir va kechalari uyqusida alaqsirashlar bo‘larkan. Bu paytda unga qora sharpa xalaqit bersa, boshqa holatda esa yaxshi tushlar ya’ni tushida joynamozda oqimtir to‘n va salla kiyib olgan, soqoli uzun oppoq nuroniy kishi qiblaga yuzlanib namozda o‘tirar ekan. Ammo U kishining yuzini ko‘rmagan ekan va boshqa shunga o‘xshash holatlar. “Doktorga borganman ammo, ko‘pincha hech narsa aniqlasholmaydi”. “Shunday vaqtlarda domla (“To‘ramiz”) oldiga boraman”, dedi. Shu domla “Sizlardan o‘tganlardan ilmlari bo‘lishi kerak, shulardan umidvorlari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Siz haloldan topgan mablag‘ingizga bir qo‘y sotib olib ushbu qo‘yni niyat qilib so‘ying va oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalarga 2 kg dan xom talash tarqatib chiqing va iloji boricha o‘zingizga olib qolmang, insha Alloh ishlaringiz yurishib hammasi yaxshi bo‘ladi aks holda qiynalib yuraverasiz" debdilar. Do‘stim hozirgi kunda qiynalib ishlari yurishmay turgan payt, uning ustiga qarzlari ham bor. Qarzlarini bir qo‘y puli bilan ham uzib bo‘lmaydi. Sizdan iltimosimiz do‘stim nima qilishi kerak? Pul yig‘ib domlani aytganini qilsinmi? Yoki, oz bo‘lsa ham qarzlaridan qutulsinmi? Oldindan rahmat. Bizlarni ishimizni, ishimiz boshi bo‘lmish dinimizni Alloh yanada mukammal bo‘lishini so‘rab duo qiling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qarzdan qutilsin.
26 Май 2022, 18:44 | Савол-жавоблар | 137 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qarzdan qutilsin.
26 Май 2022, 18:44 | Савол-жавоблар | 137 | Turli savollar