Odamgarchiligi yo‘q odamlar haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ba’zi insonlar bor, faqat ishi tushsagina yo‘qlab qoladi, agar sizning unga ishingiz tushsa o‘zini topib bo‘lmaydi. Yana bir misol, ba’zan tanishlar bilan futbol o‘ynaymiz deymiz va futbol maydoni egasi bilan oldindan kelishamiz. Lekin aytilgan vaqtda ba’zilar kelishmaydi, kelishmasayam mayli telefonni umuman ko‘tarishmaydi va qaytib telefon qilib sababini oldindan aytib qo‘yishmaydi ham. Oqibatda esa, biz maydon egasining oldida lafzsiz bo‘lib qolamiz va ma’lum pulga kuyib qolamiz. Ertasi kuni ko‘rishib qolganda esa, hech narsa bo‘lmagandek tirjayb turaverishadi, umuman vijdon, odamgarchilik degan narsa yo‘q. Juda mug‘ombirona ish yuritishadi. Agar pullik ish bo‘lsa, sizni erning tagidan bo‘lsa ham topadi. Aksincha bo‘lsa, telefonni birovga berib o‘zini "yo‘q" dedirtirib yuboradi. Do‘stlik, va’daga vafo, lafz degan tushunchalar yo‘q. Bunday misollarni juda ko‘p keltirish mumkin. Hurmatli Shayx Hazratlari, bundaylar bilan butunlay aloqani uzib yuborsa bo‘ladimi? Yoki qanday muomala qilish kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avval ogohlantirib, o‘zgarmasa, tark qilsa bo‘ladi.
26 Май 2022, 18:45 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avval ogohlantirib, o‘zgarmasa, tark qilsa bo‘ladi.
26 Май 2022, 18:45 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar