Ruqiyah va duo bilan rakni davolash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men bir insonga yordam bermoqchiman, odamlarning tavsiyasi bilan bir masjidning imomi oldiga bordim. Aytishlaricha, ko‘plab odamlar kasaldan shifo topishgan ekan. Xullas men borganimda u odam o‘zidan bir suvni olib oddiy suvga aralashtirdi hamda ichida ovoz chiqarmasdan duo qildi yoki nimadir o‘qidi. Hazrat, savolim shuki, aslida suv yoki biror narsaga Qur’on yoki duo qilib bersa, uni bemorga bersa shifo topishi mumkinmi? Aslida kasalga doktorlar yordam bera olmaganda qanday yo‘l tutish lozim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aslida kasalga doktorlar yordam bera olmaganda dam soldirsa bo‘ladi. Shifo berish Alloh taolodan.

26 Май 2022, 18:46 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar