Ishxonada ko‘shimcha yordam

Assalomu alaykum! Ishxonamda xodimlarga qo‘shimcha yordam maqsadida quyidagi dastur yo‘lga qo‘yilgan: Agar ishchi rozi bo‘lsa, ishchining oyligidan 5% miqdordagi mablag‘ ushlab qolinadi. Ushbu 5% miqdordagi mablag‘ qancha bo‘lsa, unga ishxona ham qo‘shimcha ravishda xuddi shuncha mablag‘ni o‘z hisobidan qo‘shib alohida hisob raqamga o‘tkazib qo‘yadi. Misol uchun, oyligim 1000 so‘m bo‘lsa, oyligimdan 50 so‘m ushlanadi va ishxonam ham o‘z hisobidan 50 so‘mni qo‘shib jami 100 so‘mni hisob raqamga o‘tkazib qo‘yadi. Ishchi bir kun kelib ishdan bo‘shasa, butun ishlagan vaqti davomida dastur bo‘yicha yig‘ilgan pul unga beriladi. Muammo shundaki, hisob raqamidagi pulga bank qo‘shimcha ravishda foiz hisoblab pulga qo‘shib borarkan. Bankdan foiz bo‘lib tushgan pullarni ajratib, kambag‘allarga sadaqa qilib yuborish sharti bilan ushbu dasturga qo‘shilsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘ladi.

26 Май 2022, 18:51 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar