Farosatsizlik

Sizni va boshqalarni hurmat qilmaydigan insonlar jahlimni chiqaradi. Sababi, bu saytda "IZLASh" xizmati bor. Bu xizmatdan foydalanishlikka ularni fahm-farosati etmayaptimi, bilmadim. Ular shu saytga a’zo bo‘lishayotganda qonun qoidalar bilan tanishib chiqishgan (agar diqqat bilan o‘qigan bo‘lishsa). Shaxsan men shu "IZLASh" xizmatidan ancha savollarimga javobni topaman. Baraka topishsin bu sayt xodimlari, ancha qulaylik qilingan. Alloh taolo ajrlarini bersin. Shu narsalarga e’tibor berilsa, Hazratni, sayt xodimlarin va o‘zimizni vaqtimiz tejardik. Bu mening ojizona fikrim. Alloh hammamizga rahm qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shu fikr juda ham to‘g‘ri. Ammo ba’zilar siz aytgan afsuslanarli holatdalar. Ular o‘zining vaqtini ham, sayt xodimlarining vaqtini ham, mening vaqtimni ham zoe qiladilar. Bo‘lgan bo‘lmagan narsalarni so‘raydilar. Ko‘p marta takrorlangan, arzimas narsalarni so‘raydilar. O‘zlariga ham, dinlariga ham, boshqalarga ham foydasi yo‘q narsalarni so‘raydilar. Alloh taolo o‘shlarga fahm va farosat ato qilsin!

26 Май 2022, 18:52 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar