Qasr deb niyat qilib 4 rakat o‘qib qo‘yish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir guruh musofirlar peshinning farzini jamoat bo‘lib o‘qiganda 2 rakat qasr deb niyat qilsa va imom uchinchi rakatga turib ketsa, orqadan berilgan luqmaga qaramasdan to‘rt rakatni o‘qib tugatsa, namoz qaytarib o‘qiladimi? Shunday holatda iqtido qiluvchilar nima qilishi kerak? Ularning namozi nima bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sajdai sahv bilan to‘g‘rilanadi.

26 Май 2022, 18:53 | Савол-жавоблар | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar