Jarrohlar bitta buyragimni oldirishni aytishdi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Yaqinda o‘ng buyragimda tosh borligi va buyrak holati ham yaxshi emasligi haqida tekshiruvlar natijasidan bilib, jarrohlar bilan maslahatlashdim, ularning maslahati: o‘ng buyrakda buyrak yaxshi ishlamasligi va bitta chorasi bu buyrakdan qutulish, ya’ni oldirib tashlashlik kerakligi haqida aytishdi, lekin shunga qaramay yana ikkinchi bor tekshirtirdim, tekshiruvlar natijasi bir xil, lekin buyrakda ozroq ishlab turgan hujayralar bor, juda oz miqdorda ishlayapti, lekin qon tarkibi toza, isitma ham yo‘q, sog‘lom insonday yuribman. Lekin jarrohlarning aytishi bo‘yicha, ichimda bomba bor emish, portlamasdan olib tashlash kerak degan xulosaga kelishdi. Savol: Hamma narsa Allohdan, bunga ishonaman, oldirib tashlasam gunohkor bo‘lamanmi yoki qoldirsam hayotimga xavf solgan bo‘lib qolamanmi? Jarrohliksiz tuzalishga umid qilsam, gunohkor bo‘lamanmi? Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Jarrohsiz tuzalish imkoni bo‘lmsa, oldirish kerak.

26 Май 2022, 18:53 | Савол-жавоблар | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar