O‘z joniga qasd qilgan odamga haj badal qilsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari! Mening ayolimning akasi bor edi. U dini islomdan xabari bor, aqli-hushli, 3-4 pora Qur’onni yod olgan edi. Ammo 15 yoshida o‘z joniga qasd qilib vafot etdi. Hammamiz uni yaxshi ko‘rar edik. O‘z joniga qasd qilgan odamga haj badal qilsa bo‘ladimi? Iltimos savolimizga batafsil javob bersangiz. Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘z joniga qasd qilgan odamga haj badal qilsa bo‘lmaydi, degan gap yo‘q.

26 Май 2022, 18:53 | Савол-жавоблар | 167 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar