Miqdori noma’lum qarz

Qiyomatda banda bilan banda orasidagi qarz omonatlari bo‘lsa haqdorga albatta undirib beriladi. Biz bu dunyoda albatta insonlar bilan muomilada bo‘lamiz. Ba’zida insonlardan arzimagan ushbu narsalar (ruchka, qog‘oz, oz miqdordagi pul va h.k) olamizu, qaytarish bandachilik bilan esdan chiqib qoladi. Buyum egasiyam buni qaytib so‘ramaydi. Yoki birovning haqqi biz bilmagan holatda bizga o‘tib qoldi. Shu holatda Qiyomatda qiyin ahvolga tushmaslik uchun "bu dunyoda miqdori aniq bo‘lmagan qarzlarimizzi evaziga deb" masjidga doimo ehson qilib yursak (albatta o‘zimiz uchun qiladigan ehsondan tashqari) Qiyomatda bu dunyodagi shu qarzlarimizdan xalos bo‘lgan bo‘lamizmi? Bu dunyodagi noma’lum qarzlarimiz uchun deb qilgan miqdori aniq bo‘lmagan ehsonimiz Qiyomatda haqdorlarga qaytarilgandan keyin ortib qoladigan bo‘lsa, o‘zimizning nomai a’molimizga hisoblanaveradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yaxshi bo‘ladi.

26 Май 2022, 19:04 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar