Savdo moli

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Savdo sotiq borasida bir kichik muammoga duch kelinmoqda. Savdo do‘konimizga haridorlar ba’zi turdagi chet el mahsulotlarni so‘rab kelishadi. Masalan dastgohlarni. Biz internet orqali shu mahsulot haqidagi ma’lumotni haridorga aytamiz, rasmini ko‘rsatamiz. Lekin mahsulotni o‘zini ko‘rsata olmaymiz. Sifatini ma’lumotga tayanib maqtaymiz ( vaholanki bugunda maqtovi yo‘q molning o‘zi yo‘q). Haridor mahsulotni keltirishimizni aytadi. Uni sarf harajat ila keltiramiz. Ba’zi hollarda olib kelingandan so‘ng haridor “uning sifati aytilgan darajada emas ekan” deb norizo bo‘ladi. Biz bu holatda nima deb da’vo qilishni bilmay qolyapmiz. Mahsulotni qaytarib yuborish mushkul. Qimmatga tushamiz. Bu holatda kim haq bo‘lib chiqadi? Mahsulotni ko‘rmagan bo‘lsa ham “olib keltiravering, olaman” degan haridormi yoki bizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xaridor haq. Shuning uchun sizlar ushbu muammoni hal qilishning yo‘lini topishingiz kerak.

26 Май 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar