Ribo hisolanadimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir tanishim kitob do‘konida mening plastik kartamdan 151 300 so‘mga kitob xarid qildi va menga bu pulni 151 500 sum naqd qilib berdi, shunda menga uning 200 sum puli o‘tib qoldi. Men unga bu holat (agar men sizga 200 so‘mni qaytarmasam) ribo hisolanadi dedim va uning 200 so‘mini qaytaraman deb, adashib, 1300 so‘mni uning telefoniga to‘ladim va yana ko‘shimcha 1500 sum ham beribman, shunda jami 1300+1500=2800 so‘m unga o‘tib ketdi. Shundan 200 sum uning haqqi, 2800-200= 2600 so‘m mening haqqim. Tanishim 2600 so‘mni menga qaytaradigan bo‘ldi. Mazkur holatda men bilmasdan harakat qilib qo‘ydim, ya’ni uning 200 so‘mini beraman deb 2600 sum berib yuboribman. Agar tanishim 2600 sumni menga qaytarsa bizning ishimizga ribo aralashadimi, men bu puldan foydalansam bo‘ladimi. Tanishim ham o‘zim ham mazkur holatda bilmasdan gunohkor bo‘lib qolmadikmiman?! Savolimdagi kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Alloh taolo barchalirimizga halol rizq ato qilsin. Ustoz haqqimizma duo qiling!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘rilaganlaringiz hammasini yaxshi holatga keltiradi.

26 Май 2022, 19:17 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar