Bergan zakotim to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men ikki nafar voyaga etmagan farzandim bilan ota onam xonadonida yashayman. Ajrashganman. Ayol boshim bilan mehnat qilib bir oz pul yig‘dim. Maqsadim o‘zim va bolalarim uchun kvartira olmoqchiman. Lekin pulim ozroqligi sababli uni o‘zimni uylanmagan o‘g‘il ukamga foydalangani qarz sifatida berib turibman. U hozirda bozorda savdo bilan shug‘ullanadi. Men shu mablag‘imdan unga zakot chiqarib berdim. Lekin biz hozirda hammamiz birga turamiz. Keyin qilgan ishimdan o‘ylanib qoldim. Hurmatli shayx hazratlari, shu holatimga aniqlik kiritib bering iltimos, ko‘nglim taskin topsin. Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri.

26 Май 2022, 19:17 | Савол-жавоблар | 140 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar