Oilada er namoz o‘qisa ayoli o‘qimasa er gunohkor bo‘ladimi?
Bir birodarimiz sizga savol yo‘llashgan ekan. Mazmuni quyidagicha: “Oilada faqat men namoz o‘qiyman, qolganlar o‘qimaydi, qiyomatda men ham so‘ralamanmi?” degan savollariga – “Ha, siz ham so‘ralasiz” degansiz. Menda ham savol sal shunga o‘xshashroq. Hazrat avvalambor sizdan uzr so‘rayman, savolim sal o‘xshashroq bo‘lgani uchun. Yurtimdan olisroqda yashayman, ayolim bilan birga. Oilamda men namoz o‘qiyman, ayolim esa o‘qimaydi. Ayolimni namozga rosa dahvat qilaman, bir o‘qishni boshlagandi keyin yana o‘qimay qo‘ydi. Qancha urinsam ham, samara bermayapti. Namoz o‘qimaganligi uchun qiyomatda so‘ralishimni ham bildim. Lekin meni bir savol qiynaydi. Savol: 1. Shu ayolim namoz o‘qimaganligi uchun men gunohkor bo‘lamanmi? 2. Yoki namoz o‘qimaydigan juft halol bilan yashamaslik yahni ajrashgan yaxshiroqmi? Yordamingizga muhtojman. Noo‘rin savol berganim uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Islomda oila boshlig‘i bo‘lish ulkan sharaf hisoblanishi bilan bir vaqtda, buyuk mas’uliyat hamdir. Erkak kishi o‘z oilasidagi barcha ahli baytga mas’uldir. Mas’ul bo‘lganda ham, moddiy-ma’naviy, ruhiy-tarbiyaviy, dunyoviy-uxroviy – hamma-hamma tomonlama mas’uldir. U o‘z ahli baytini: xotini, bola-chaqasini to‘ydirib, kiydirish, uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiyali qilish, axloqli-odobli qilish, Allohning yo‘lida yuradigan inson qilish, tinch-omonliklarini ta’minlash va shunga o‘xshash barcha ishlarda mas’uldir. Shu bois er xotinining shariat ko‘rsatmalariga amal qilishidan mas’uldir. Albatta, asosiy mas’ulyat ayolning o‘zida. Ammo er uni to‘g‘ri yo‘lga solishi kerak. Ajrash oxirgi chora. Siz unga namoz haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiling.
26 Май 2022, 19:26 | Савол-жавоблар | 201 | Namoz