Nikoh buziladimi

Assalomu alaykum! Er yoki xotin Islom shariatiga zid biror narsani malasan harom ishni yoki narsani joiz deb aytsa qilish mumkin bo‘lmagan ishni bo‘ladi, mumkin desa nikoh buziladimi? Shariatda harom ishni halol deyishlik bilan dindan chiqib qolish mumkin deb o‘qigandim, er va xotin o‘rtasida nikoh buziladimi? Bir tanishim buziladi deb aytdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom!Iymonning asliHar bir narsani uch xil borligi bo‘ladi. Ayni o‘zining borlig‘i, o‘sha narsani zehndagi tushunchasi va talaffuz qilinadigan nomi. Misol uchun shakar, uni asli o‘zi bor, insonlar u haqida zehnlarida tushunchasi ham bor va shakar degan nomi ham bor. Xuddi shuningdek iymonni ham uch hil borligi bor.Birinchisi:
Iymonning ayni o‘zining borligi.Uning turadigan joyi qalbdir. Uning asli Alloh taolo tarafidigan beriladigan bir nurdir. U Alloh taolo bilan bandaning orasidagi parda(zulmat)larni ko‘tarish uchun qalbga solinadi. Uning misolini quyidagi oyatlarda ko‘rishimiz mumkin.اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ35. Alloh osmonlar va erning nuridir. (Nur surasi).Hamdaاللّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُواْ يُخْرِجُهُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّوُرِ257. Alloh iymon keltirganlarning do‘stidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. (Baqara surasi).Bu qalbga solinadigan nur barchamiz biladigan chiroqlar kabi kuchli ham kuchsiz ham bo‘ladi. Pardalar ko‘tarilgan sari u nur kuchayib va ziyodalashib boraveradi. Oxir oqibat avji kamoliga ham etadi va bu nur qalbdan yoyilib-yoyilib insonning butun quvvati va a’zolarini qamrab oladi. Shu vaqtda insonning qalbi ochiladi va u har bir narsaning haqiqatini tushuna boshlaydi va g‘ayb olamidagi g‘aybga tegishli narsalardan voqif bo‘ladi. Har bir narsani parda bo‘lmagani uchun o‘z o‘rnida ko‘radi. Payg‘ambar alayhimussalomlarning bayon qilgan barcha narsalarini qalbdan ishonch hosil qiladi. Shu nurni quvvati va ziyodaligiga qarab barcha shar’iy buyruq va qaytariqlarga itoat qilishga uning qalbida chorlovchi va undovchi kuch paydo bo‘ladi va bu nur shariatdagi go‘zal xulqlardagi, solih amallardagi va maqtovga loyiq qobilyatlardagi nurlar bilan qo‘shilib, insonning shahvoniy xirsi, yomon amallardan hosil bo‘ladigan zulmatlarni ketkazuvchi nur bo‘ladi. Inson nurni ziyoda qilishda davom etaversa ilohiy nur va tugab bitmas fayz barakot yog‘iladigan joyga aylanadi. Buni Alloh taolo “Nur ustiga nur” oyati va quyidagi oyatda bayon qilgan.نُورُهُمْ يَسْعَى بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَبِأَيْمَانِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا إِنَّكَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ۝8.... Ularning nurlari oldilarida va o‘ng taraflarida yurib boradir. Ular esa: «Robbimiz, bizga nurimizni batamom qilib ber, gunohlarimizni mag‘firat qil, albatta, Sen har bir narsaga o‘ta qodirsan», – derlar. (Tahrim surasi). Ikkinchi:
Zehnda borligi.
Uning ikki darajasi bor. Ijmoliy va tafsiliy. Alloh taoloni borligi va g‘aybga tegishli ishlarning borligini ijmolli tarzda mulohaza qilish. Bu “Laa ilaaha illalloh Muhammadur rosuululloh” kalimasini zehnda tasavvur qilib qalbi bilan tasdiq qilganda hosil bo‘ladi. Buni iymoni mujmal deyiladi.G‘aybiy ish va haqiqatlarni alohida-alohida dalillari bilan birga mulohaza qilib tasdiq qilishni batafsl tasdiq qilish va iymoni mufassal ham deyiladi.Uchinchi borliq.
Uning iymon degan nomini borligi.
Bu kalimai shahodatni tilda aytib iqror qilish bilan bo‘ladi. Ma’lumki bir narsani tilda talaffuz qilib uning ayni o‘zi voqe’likdagi tasdig‘i bo‘lmasa befoydadir. Shunday bo‘lsa ham dunyoviy ishlarda uni e’tiborga olinadi. Bu dunyo sabablar olami bo‘lib, kimning qalbini holati qanday ekanligini bilib bo‘lmaydi. Kimning qalbida iymonning asl nuri bor yoki yo‘q ekanligini ham bilib bo‘lmaydi. Tilida iqror qilib tursa, kalimani aytib tursa unga mo‘min degan hukmni berilaveradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bir necha hadislarida “Laa ilaaha illalloh Muhammadur rosuululloh” kalimasini aytgan kishini mo‘min deb hisoblayverganlar. Hisobini Alloh taologa havola qilganlar va vafot topsa unga janoza o‘qiyverganlar.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh bergan o‘sha nurni nimalar ziyoda qilishini va nimalar uni yo‘q qilishini aytib o‘tganlar. Masalan “Hayo iymondandir” deganlar. Ya’ni inson hayo qilishda bardavom bo‘lsa o‘sha nur qalbda sobit bo‘lib, nuri porlab turadi. Barcha solih amallar nur, farz amallari cheksiz nur, go‘zal xulqlar ham nur, sunnatlarning barchasi nur. Kim shu ishlarni qanchalar ko‘paytirsa iymonining nuri ham kuchayib ziyodalashadi. Alloh taolo bilan o‘rtasidagi zulmatlar chekinadi. Masalan inson suv ichsa chanqog‘i qonib tanasi rohatlanishini his qilganidek, solih amallarni qilsa Alloh va’da qilgan mukofotga erishishini aniq his qiladi. Yoki aksi inson qon tomirini kesib tashlasa qoni oqib o‘lishini aniq bilganidek, gunoh qilsa Alloh va’da qilgan azobga duchor bo‘lishini ham his qilib qoladi.Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Zino qiluvchi zino qilayotganida mo‘min holida bo‘lmaydi” deganlar. Ya’ni nur bo‘lgan o‘sha iymonning o‘zi chiqib turadi. Bu kabi ishlar ko‘paygan sari o‘sha nur so‘nib boraveradi. Alloh saqlasin o‘sha nur oxir oqibat o‘chib qolishi ham mumkin.Iymonning qismlariIymon ikki qismga bo‘linadi. Taqlidiy va tahqiqiy iymon.Taqlidiy bo‘lgani, kishi o‘zi iymonini dalillari bilan o‘rgana olmasdan ota-ona yoki ustozlar tarafidan “Kalimani aytasan, Alloh bor, farishtalar bor, payg‘ambar va kitoblar, qiyomat kuni, yaxshilik va yomonlik Allohdan va o‘limdan keyin qayta tirilish bor” aytilgan gaplarini his qilish va uni tasdiq qilishdir.Tahqiqiysi ikki qismga bo‘linadi. Istidloliy(oyat hadislarni chuqur o‘rganib hosil qilingan iymon) va kashfiy. Ular ham ikki qismga bo‘linishadi. Biri ma’lum bir chegaraga borb to‘xta undan u yog‘iga o‘tmaydi. Uni “Ilmul yaqiyn” deyiladi. Keyingi qismi esa ziyodalashish va taraqqiy topishda chegarasi yo‘q. Mushohada qilish boshlansa uni “Aynul yaqiyn” deyiladi. Zotiy mushohada nasib bo‘lsa “Haqqul yaqiyin” bo‘ladi. Payg‘ambarlarning barchalarida “Ilmul yaqiyn”, “Aynul yaqiyn” va “Haqqul yaqiyin” bo‘lgan. Payg‘ambarlar darajasida bo‘lmasada sahobalarda ham bo‘lgan. Bu narsa kofirlarda ham bo‘ladi, lekin ular vafot qilganlaridan keyin bo‘ladi. Alloh taolo “Takasur” surasida marhamat qiladi.أَلْهَاكُمُ التَّكَاثُرُ1. «Kimniki ko‘p» sizni mashg‘ul qildi…حَتَّى زُرْتُمُ الْمَقَابِرَ2. To qabrlarni ziyorat qilguningizcha.Ya’ni o‘lib, qabrga kirguningizcha kimo‘zarga boylik to‘plash bilan ovora bo‘lib, Alloh taoloning toat-ibodatini esdan chiqardingiz.كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ3. Yo‘q! Tezda bilasiz!ثُمَّ كَلَّا سَوْفَ تَعْلَمُونَ4. Yana yo‘q! Tezda bilasiz!Ha, tezda – o‘lishingiz bilan molu dunyo ko‘paytirishga, mansabga o‘ch bo‘lishga va bola-chaqa, yoru do‘stga ruju’ qo‘yishga berilib, Alloh taoloning toat-ibodatidan mashg‘ul bo‘lishning oqibatini ko‘rasizlar.كَلَّا لَوْ تَعْلَمُونَ عِلْمَ الْيَقِينِ5. Yo‘q! Agar aniq ilm ila bilganingizda edi…لَتَرَوُنَّ الْجَحِيمَ6. Albatta jahannamni ko‘rasiz.ثُمَّ لَتَرَوُنَّهَا عَيْنَ الْيَقِينِ7. Va yana albatta uni ishonch ko‘zi bilan ko‘rasiz.Ha, ishonavering, jahannamni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Bu aniq!ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنِ النَّعِيمِ8. So‘ngra o‘sha Kunda albatta ne’matlanishdan so‘ralasiz. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).Kufrga hukm qilish qoidalariHozirga kunda jamiyatimizda kofirga hukm qilish borasida bir tarafdan haddidan oshish, boshqa bir tarafdan beparvo bo‘lish ko‘paydi. Ba’zi bir kishilar kufr doirasiga kirmaydigan kichik masalalardagi ixtiloflarda ham bir-birlarini kufrga hukm qilmoqdalar. Aslida esa u masala afzal-g‘oyri afzal darajasidagi masalalardir. Holbuki, kufrga hukm qilish o‘ta nozik va oqibati xatarli ishdir. Bu boradaعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ : أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا كَفَّرَ الرَّجُلُ أَخَاهُ، فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَاIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi birodarini kofirga chiqarsa, bu ikkovidan birining gardaniga tushadi», dedilar».Boshqa bir hadisda “Banda qachon biror narsani la’natlasa, la’nat samoga ko‘tariladi. Shunda samo darvozalari yopiladi, so‘ng la’nat ergan tushib, o‘ng va chap tomonga borib keladi. Chiqib ketishga joy topolmagach, la’natlangan kishi la’natga loyiq bo‘lsa unga tegadi. Agar la’natga loyiq bo‘lmasa, aytgan kishining o‘ziga qaytadi” deganlari kabidir.Boshqa tomondan, xususan dinlarni bir-biriga qorishtirib yuborganlar, dunyoviy tomonlama turli unvonlarga ega bo‘lsada, diniy ta’limdan Qur’on alifbosidan savodi ham chiqmagan odamlar “kishi qanchalik kufr so‘z yoki kufriy e’tiqodni qilmasin o‘zini-o‘zi musulmonman desa, unday kishini kofir deyilmaydi” deyishdi. Hatto kofir va mushrik ekanliklarini Alloh taolo Qur’onda ochiq-oydin bayon qilgan din vakillarini ham “Ular ham Allohga ibodat qilishadi, bir kun najot topishadi” deydigan darajaga etishdi. Holbuki ular Alloh taolo Qur’onda keltirgan qancha oyatlarni oshkora inkor qilib turibdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Allohning payg‘ambari ekanliklarini va hadislarini inkor qilib turibdilar.Kofirga hukm qilish borasidagi birinchi nuqta shuki, “qanday e’tiqodda bo‘lishidan qat’iy nazar kim o‘zini musulmon desa, uni kofir deb bo‘lmaydi” deyilsa, natija “Islomning biror haqiqati yo‘q, taqozo qilgan narsasi yo‘q, majburiyatlari yo‘q, Islomga kirish-chiqish chegaralari yo‘q ekanda” degan narsa bo‘ladi. Bu qat’iy xatodir.Kim Alloh taoloning yagonaligini inkor qilsa, yoki payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni oxirgi payg‘ambar ekanligini inkor qilsa, yoki oxiratda qayta tirilishni inkor qilsa, qiyomatdagi hisob-kitobni inkor qilsa, yoki hali hanuz odamni maymundan yaralgan deb e’tiqod qilsa va o‘zini-o‘zi musulmonman desa, bunday kishini musulmon tasavvur qilish botil gap hisoblanadi.Kufrning ta’rifiHaqiqat shuki, iymonning ta’rifi “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Robbisi tomonidan keltirganligi ochiq-oydin “zaruratan” ma’lum bo‘lgan narsalarni tasdiq qilishdir”. Kufrning ta’rifi esa, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Robbisi tomonidan keltirganligi ochiq-oydin “zaruratan” ma’lum bo‘lgan narsalarni inkor qilishdir”. Ta’rifdagi “zaruratan” so‘zining ma’nosi “hammaga ularning islom dinidan ekanligi dalilsiz oshkoro ma’lum bo‘lgan deganidir. Ba’zilar “zaruratan malum bo‘lish” so‘zini “Qur’on va hadisda sobit bo‘lib, sobit bo‘lishi qat’iy va dalolat qilishi ham qat’iy bo‘lgan dinga tegishli narsalardir deb tafsir qilishgan. Qat’iy sobit bo‘lish Qur’on yoki biror mutavotir hadisda kelgan bo‘lishdir. Mutavotirlik to‘rt hil yo‘l bilan sobit bo‘ladi. sanaddagi mutavotirlik, tabaqadagi mutavotirlik, taomuldagi mutavotirlik, mushtarak miqdordagi mutavotirlikdir. Dalolati qat’iy bo‘lish deganda Qur’ondagi oyat yoki hadisdan olingan masalaga o‘sha oyat yoki hadisning dalolat qilishi ochiq oydin bo‘lishi kerak. Ya’ni o‘sha masaladan boshqa narsani tushinish ehtimoli bo‘lmasligi kerak. Ba’zi oyatlardan uni ham buni ham tushinsa bo‘ladigan bo‘ladi. ba’zilaridan esa, ochiq oydin bir narsa tushinilib, boshqa narsani tushinishning ehtimoli bo‘lmaydi. Dalolat qilishi qat’iy bo‘lgan oyat hadis shunday bo‘lishi va inkor qilinadigan masala ham shu darajada bo‘lishi kerak. Masalan Qur’onda Alloh taolo “Solatni qoim qilinglar” degan. Bu qur’on oyatidir. Qat’iy sobit bo‘lgan. Oyatdan namozni o‘qish degan narsagina tushiniladi. Boshqa ma’noning hecham ehtimoli yo‘q. shu bilan namoz o‘qishning sobit bo‘lishi qat’iy va oyatning unga dalolat qilishi ham qat’iy bo‘lgan. Shunda kim “Qalb toza bo‘lsa bo‘ldi, namoz o‘qimasa ham bo‘laveradi” deb namozning farzligini inkor qilsa, kofir bo‘ladi. Shundan kelib chiqib “dindan ekanligi zaruratan sobit bo‘lgan narsa” deyilganda, sobit bo‘lishi va dalolat qilishi qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan narsalardir.Qoida: kim sobit bo‘lishi va dalolati qat’iy bo‘lgan narsani inkor qilsa, kofir bo‘ladi. Ba’zi fuqaholar kufrga hukm qilishni engillatib “sobit bo‘lishi va dalolati qat’iy bo‘lish bilan birga xos va ommaga dindan ekanligi oshkor bo‘lgan narsani inkor qilgan bo‘lishni ham qo‘shimcha qilganlar. Ya’ni islom dinidan ekanligini xos olimlar ham o‘qimagan omilar ham biladigan narsani inkor qilish kufr deganlar. Masalan Alloh taoloning yagonaligi, payg‘ambarimiz eng oxirgi payg‘ambar bo‘lib, u zotdan keyin payg‘ambar bo‘lishi mumkin emasligi, hatto Iso alayhissalom ham ummat bo‘lib kelishlari, qiyomat bo‘lishi, farishtalar borligi, qayta tirilish borligi, qur’on shak shubhasiz, zabur, tavrot va injilning asllari Alloh taolo tomonidan nozil qilinganligi, namoz, ro‘za, haj, zakotning farzligi hammaga ma’lumdir. Olim bilganidek omilarga ham ma’lumdir. Kim shulardan birortasini inkor qilsa, kofir bo‘ladi. endi shunday masalalar borki, ularning dindan ekanligi, qur’on va mutavotir hadis bilan sobit bo‘lganligi olimlarga ayon bo‘lib, omilar uni yaxshi bilmaydilar. Kim o‘shalardan birortasini inkor qilsa, kufrga chiqarishda shoshilmaslik kerak. Balki avvalo unga bu narsa dindan va dindan ekanligi qat’iy sobit bo‘lgan va dalolat qiluvchi oyat va hadislarning dalolat qilishi ham qat’iy sobit bo‘lganligini tushintiriladi. Agar tan olsa, u musulmonligicha qoladi. Tushintirilganidan keyin ham inkor qilishda davom etsa, uni kufrga hukm qilinadi. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 189 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar