“Afsungar”larga qarshi qanday chora ko‘rish mumkin?

Assalomu alaykum shayx hazratlari! Buxoro viloyatining Olot tumanida "Ortiq mulla" deb nom chiqargan kishi bor. Uning asosiy faoliyati bir necha yildan beri "afsungarlik"ga o‘xshagan narsalar, ya’ni kimnidir "issiq-sovuq" qilish (birorta ayolni xohlamagan kishisiga turmushga chiqishga ko‘ndirish yoki teskarisi), ishlari yurishishi uchun har xil "duo"lar qilib berish (u kishini "duo"si arab tilida emas, qanaqadir tilda yozilgan. Uni taqib yurish shart ekan), ko‘p ichkilikka berilgan odamlarni davolash, har xil kasalliklarni davolash va hakozo. Odamlar uning qabuliga kirish uchun soatlab kutishadi. Savolim: 1. Shu masalada islom.uzda ko‘proq ma’lumot berilsa ayni muddao bo‘lardi (Chunki boshqa viloyatlarda ham shunday "mulla"larni ko‘p eshitganmiz va ko‘pchilik ularga ishonib ham vaqtini, ham mablag‘ini yo‘qotishyabdi) 2. Bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi kishilarga qanday choralar ko‘rilishi mumkin?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu ishni qilib bo‘lingan. Alohida kitob ham nashr qildik. Topib o‘qing.

26 Май 2022, 19:30 | Савол-жавоблар | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar