Oyat o‘qishda to‘xtatish

Tajvid darsida oyat o‘qishda to‘xtashda joiz, yaxshi emas, mumkin emas va harom to‘xtashlar bor. Men Qur’oni karimdagi to‘xtash belgilari ana shu narsaga to‘g‘ri amal qilish uchun aynan biz kabi arab tilini bilmaydiganlar uchun qo‘yib chiqilgan deb o‘ylayman. Qur’on o‘qishda mana shu belgilarga amal qilishga xarakat qilsamda, ba’zi erlarda belgilar orasi uzoq bo‘lgani uchun nafas etmay, to‘xtashga majbur bo‘laman. Shunday xolatda to‘xtamaslik shart belgisi bo‘lgan so‘zdan tashqari barcha erda to‘xtash mumkinmi, agarda ma’no buzilganda to‘xtamaslik shart belgisi bo‘lgan bo‘lardiku? Agarda bunda ham ma’no buzilishi mumkin bo‘lsa, unda to‘xtash mumkin bo‘lgan so‘zlarni bilib olishda qanday uslubdan foydalanish kerak yoki doimo to‘xtash mumkin bo‘lgan ma’lum so‘zlar ro‘yxati bormi? Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shuning uchun Qur’oni karimni ustozdan og‘izma-og‘iz o‘rganish shart qilingan. Siz aytayotgan narsa “vaqf va ibtido” ga, ya’ni tajvid ilmining bir bo‘lagiga tegishli narsa. Va buni bu erda bir-ikki og‘iz so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi. O‘zimizda chop etilayotgan tajvid kitoblaridan ushbu mavzuni o‘qib olsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

26 Май 2022, 19:34 | Савол-жавоблар | 159 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar