Shunday qiroat qilish mumkinmi?
Assalamu alaykum! Bir imom “Kavsar” surasini tilovat qilishda birinchi oyat oxiridagi "kavsar" so‘zini "kavsaro" tarzida tilovat qilib so‘ng vaqf qildi. Ikkinchi oyat oxiridagi so‘z ham "vanharo" deb o‘qildi va ho kazo. “Baqara” surasi 205-mashhur duo oyatidagi "azabannar" so‘zi ham yuqoridagi kabi "azabannaro" tarzda o‘qilishini eshitib, tajvid qoidalaridan izlab ko‘rdim. Bunday qoidani topa olmadim. Shunday o‘qish tajvidga muvofiqmi? Yoki boshqa turdagi qiroatlarda bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Ro” harfi arab tilida o‘zidan oldingi harfning harakati zamma yoki fatha bo‘lsa, ya’ni “a” yoki “u” bo‘lsa yo‘qon o‘qiladi. Siz eshitgan tilovatda “ro” yo‘g‘on o‘qilgan va bu sizga o‘zingiz aytganingizdek “o” talaffuzi bilan eshtilgan. Siz aytgan holatlar hech qaysi tajvid va qiroatlarda yo‘q. Vaqf holatida “kavsar”, “vanhar” va “abtar” bo‘lib o‘qiladi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:11 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar