Ushbu iftorlikni qabul qilaylikmi, yo‘qmi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat bir muhim savol berishga ijozat bering. Biz chet davlatda ishlaymiz. Shu erdagi musulmonlar (asosan o‘zbeklar) bilan birgalikda masjidda saharlik va iftorlikni qilmoqdamiz. Bizning masjidimiz yaqinida o‘zbeklarning oshxonasi bor. U oshxona xo‘jayini bir o‘zbek odam ekan. Oshxonada spirtli ichimliklar va cho‘chqa go‘shti ham qo‘shilgan taom qilishadi. Endi o‘sha oshxona xo‘jayini bizga iftorlik uchun ehson qilishmoqchi, taom qilib bermoqchi yoki taomni o‘zimiz tayyorlashimiz uchun pul berishmoqchi. Bu ehsonni qabul qilishimiz to‘g‘rimi yoki qabul qilmaylikmi deb hammani boshi qotgan. Iltimos hazrat, bizga bu narsaning hukmi qanday va bizga nima qilishni nasihat qilasiz? Savollarimizda xato bo‘lsa uzr. Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taqvo yuzasidan qabul qilmaganlaringiz yaxshi.
26 Май 2022, 19:35 | Савол-жавоблар | 172 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taqvo yuzasidan qabul qilmaganlaringiz yaxshi.
26 Май 2022, 19:35 | Савол-жавоблар | 172 | Ro‘za