Payg‘ambarimiz alayhissalomning ismini aytganda egilish shirkmi?

Ramazon oyi sizga va barcha musulmonlarga muborak bo‘lsin, din uchun qilayotgan ishingizdan Alloh rozi bo‘lsin! Biz ikki kishi taroveh namozini o‘qib tugatdik. Namozdan keyingi zikrlarda Qur’on tilovatidan keyin duo qildim. Duoning “Muhammadan Mustafo sallallohu alayhi va sallam” degan joyimda birozgina egildim, sajda qilish niyatida emas. Buni ko‘rgan sherigim: “bunday qilmang, bu shirk insonga sajda qilish. Bunday qilgan insonning namozi ham, qilgan xayrli ishlari ham qabul bo‘lmaydi” dedi. Menda sajda qilish niyati ham bo‘lmagan, men unga sizning kelinning egilib salom berishi haqida javobingizni aytdim. Bu erda shirk ham harom ham yo‘q desam, u: “Bu ham islomda yo‘q, bu ham shirk” dedi. Men: “Axir bu erda insonga sajda qilish niyati yo‘qku” dedim. U: “Biror domladan so‘raymiz” dedi. Men buni sizdan so‘rashlikni afzal bilaman, iltimos bunga oydinlik kiritib bering. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zingiz mening gapimni keltiribsiz, aslida bu mening emas, ulamolar jumhurining gapi, yana so‘rashga nima hojat bor!

26 Май 2022, 19:36 | Савол-жавоблар | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar