“Qur’on ilmlari” kitobidan savol
Allohga beadad hamdu sanolar bo‘lsinki bizning diyorlarda ham diniy adabiyotlar ko‘payib bormoqda. Siz muhtaram ustozimizning ko‘plab kitoblari chop etilmoqda. Alloh qodir qilganicha yangi kitoblarinigi olib o‘qib boraman. Inshaalloh yaqinda "Qur’on ilmlari" nomli kitobingizni yakunlash arafasidaman. Ushbu kitobdan bir savol paydo bo‘lib qoldi. Mazkur kitobning "Mutashobih sifatlardan namunalar" bo‘limida “Xalaf ulamolari Alloh taoloning sifatlab bo‘lmaydigan matnlarni U Zotning jaloli va jamoliga mos keladigan ma’nolarga ta’vil qiladilar. Jumladan Allohning kelishi - U Zotning amrini yoki askarining kelishi” deb yozilgan. Shu erda “askarining kelishi” deyilgan jumlani tushina olmadim. Askarining kelishi amrining kelishi degani bilan bir ma’noni anglatadimi? Savoldagi xato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Duo qiling ustoz, bizga xam Alloh Qur’onni yod olishni nasib qilsin. Alloh taolo Ramazon oyini muborak qilsin hamda sizu bizdan O‘zi rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir ma’noni angatmaydi. Alloh taoloning askari farishtalar bo‘lishi mumkin.
26 Май 2022, 19:42 | Савол-жавоблар | 173 | Qur’oni karim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir ma’noni angatmaydi. Alloh taoloning askari farishtalar bo‘lishi mumkin.
26 Май 2022, 19:42 | Савол-жавоблар | 173 | Qur’oni karim