Qalban kechirish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bundan bir necha yillar muqaddam, bir ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berib, bir kishi bilan kelishmovchilik bo‘lgan edi. Shunda u kishi og‘ziga kelganini qaytarmasdan ko‘pchilik oldida rosa izza qilgan edi. Oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramasdan bu voqea umuman esdan chiqqani yo‘q. Eng yomoni, esga tushgan vaqti asab buzulishigacha olib keladi. Aqlan o‘tmishda bunday hodislarni unutish kerakligi tushunilsada, ammo qalban bunday noxushliklardan qanday xalos bo‘lish mumkin? Qanday qilib qalbni bunday noxushliklardan omonlikda saqlasa bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Doimiy ravishda Alloh taoloni zikr qilish bilan.

26 Май 2022, 19:45 | Савол-жавоблар | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar