Ijara haqqidan zakot beramizmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ramazon ro‘zasi muborak bo‘lsin. Savolim zakot masalasida. Uch dona do‘konimiz bor. Shu do‘konlardan ijara haqqi olamiz, olgan ijara haqqimizdan oilani xarajatiga, ro‘zg‘orga ishlatamiz, shu olayotgan ijara haqqimizdan zakot chiqaramizmi? Oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Umumiy daromad, unga ijaradan tushgan mablag‘ ham qo‘shilib, nisobga etsa va bir yil davomida undan kamaymay tursa, zakot beriladi.

26 Май 2022, 19:50 | Савол-жавоблар | 144 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar