Kasb-hunarga oid maslahatiz kerak

Alloh rizoligi uchun qilayotgan mehnatlaringizni xayrli va muborakli bo‘lishini Alloh taminlasin. Ustoz, menga kasbga oid maslahatingiz kerak bo‘lib qoldi. Allohdan sizning maslahatiz sabab, to‘g‘ri yo‘lni tanlashimni so‘rab, sizga murojaat qilyapman. Avvalo sizdan urz so‘rayman, savolim bir oz cho‘zilib ketsa mazur tutgaysiz. Hozirda meni 2 ta tanlash huquqim bor: 1. Men tuyxonada ishlayman. Bu erda isrofgarchilik, yolg‘on-yashiriq, Alloh harom qilgan ishlar juda ham ko‘p. Men bu ishlarni ko‘rib, men ham bu ishlar sabab gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqib, bu erda ishlamayman desam, onam va buvam qarshilik qilib, sen qilmaganindan keyin gunohkor bo‘lmaysan, seni ustingdagi boshlig‘ing javob beradi, sen uni aytganini qilyapsan, o‘zing xohlamasdan deyishyapti. Va yana bir tomoni bor, men ro‘zadan keyin ishlamayman deb, qasd qilib qo‘ygan edim, onamga shuni aytsam hech narsa qilmaydi deyapti. 2. Men ro‘za oyida Alloh nasib qilsa, sartaroshlikni yoki mashina tuzatishlikni o‘rganish niyatida turibman, lekin onam bilan buvam eplolmaysan, undan o‘zingni ishing - povurliging yaxshi, boshqa ishda 2 yilsiz pul berishmaydi, qiynalib qolasan diyishyapti. Ustoz, qay birini qilganim maqul, qay birini qilsam, onamni rozi qilib, Allohning roziligini va rahmatini topaman. Oldindan rahmat, Allox siz va sizning avvaliyu oxirgi avlodlarizdan va jami ahli iymonu-islomdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Istixora qiling.

26 Май 2022, 19:52 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar