Zakotni shart bilan berish

Singlim uyidagi mebel jihozlarini yangilash maqsadida eskilarini bir qarindoshimizga, bo‘lib-bo‘lib berish sharti bilan sotgan edi. Shuning bir qismi berilib, bir qismi qolib ketdi. Bunga ham ancha vaqt bo‘lib qoldi. Mening singlim ham, qarindoshimiz ham zakot oluvchidirlar. Men zakotimni qarindoshimizga berib, bu pulni singlimga berib, qarzingdan qutilib ol desam yoki singlimga qarzingni berib yuborsang, senga zakotimni beraman deb shart qilsam bo‘ladimi, chunki qarindoshimni boshqa joylardan ham qarzi bo‘lib, u erlarga ham berib yuborishi mumkin. Shunda "ha" desa beraman, "yo‘q" desa bermayman. Men zakotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri singlimga ham bersam bo‘ladi, lekin shunday qilsam, 2 odamni ishi bitarmikin, savobi ko‘proq bo‘larmikin degan umidda edim. Alloh sizni o‘ylaganingizdan ham afzaliga etkazsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday shartni qo‘ya olmaysiz.

26 Май 2022, 19:54 | Савол-жавоблар | 164 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar