Sajdai sahv vojib bo‘lganda tashahhud, salovat, duo o‘qilishi

Islom.uz sayti tomonidan tayyorlangan “Namoz o‘qishni o‘rganamiz” kitobida “Sajdai sahv vojib bo‘lganda tashahhud, salovat, duo o‘qiladi va bir tomonga salom beriladi (yakka namozxon ikki tomonga salom bersa ham bo‘laveradi). Keyin ikki marta sahv sajdasi qilinadi. So‘ng tashahhud o‘qilib ikki tomonga salom beriladi.” –deb yozilgan. Men sajdai sahv vojib bo‘lganda tashahhudni o‘qib va bir tomonga salom berib, keyin ikki marta sahv sajdasi qilib, so‘ng tashahhud, salovat, duo o‘qib so‘ng ikki tomonga salom beraman. qaysi biri to‘g‘ri?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ikkisi ham. Ammo fiqhiy kitoblarda siz aytgan tartib yo‘q.

26 Май 2022, 19:57 | Савол-жавоблар | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar