Da’yuslarning qizlari
Assalamu alaykum, xurmatli Shayx xazratlari! Allohim sizdan rozi bo‘lsin. O‘zingiz bilasiz hozir ko‘chada iymoni butun erkaklarning bosh ko‘tarib yurishi qiyin bo‘lib qoldi, sabab esa erkakman deb yurgan da’yuslarning qizlaridir! Shunday otalar borki, qizlariga mini yubka va juda tor shimlarni bozorga qizini olib borib, aytgan kiyimini olib berayapti! Hozirgi ko‘pchilik qizlarni kiyinishidan bosh ko‘tarib qaray olmayman, har kuni ko‘chaga chiqishim bilan dod deb yuborgim keladi va hayron qolaman, bu qizlarning otalari qanaqa odam o‘zi? Odammi yoki shaytonmi deb o‘ylab qolaman. Tavba, bu da’yuslarni biror matbuot, televideniya va radio orqalimi, qanaqa qilib bo‘lsa ham ogoxlantirib, tartibga chaqirib qo‘yishning iloji bormikan? Shayx hazratlari, shu da’yuslarni sharmanda qilib, uyaltirib bo‘lsa ham, tartibga chaqirib qo‘yish uchun zamonaviy tarzda ularni bu harakatsizligini qoralab jurnal, kitoblar ko‘plab chop ettirish iloji yo‘qmikan? Qandoq qilsa bu la’nati illatni daf etsa bo‘larkin ???
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
*Ushbu ham siz aytgan vositalardan biri. Ular bilmagani uchun shunday qilishadi. Shuning uchun har kim qo‘lidan kelgan yo‘l bilan anglatishi kerak bo‘ladi.
26 Май 2022, 19:57 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar