Qirg‘izistonlik Xabibillo Karimov haqida

Assalomu alaykum. Habibullo Karimov ismli kishi O‘zbekistonliklar uchun bir yangi guruh ochib kishilarni aqiydamizga zid bo‘lgan tushunchalar bilan da’vat qilmoqda. U kishi haqida xulosa bersangiz. Ko‘pchilikni adashtiryapti. Shogirdingiz Abror akaning H. Karimov haqidagi fikrlaridan qisman keltirdim: "ILMONIYLIK Islohotchi niqobi ostida: "Islomning qonunlarini isloh qilish kerak, diniy ulamolarning aksari mutaassib, dinni monopoliya qilib olgan mullalar... kabi bir qancha gaplar bilan ichidagi hasad g‘arizasini qondirishga urinayotgan g‘ala g‘ovurchi to‘dalarning gaplariga aldanib qolmaslik uchun ularning "shirin" gaplari orasiga qanday qilib zahar aralashtirayotganlarini ajratib olish lozim". Undan tashqari Toshkent Islom Instituti xodimi Mubashshir Ahmad domla ham H. Karimovga nisbatan "Dinni isloh etish maqsadingizga qarshimiz" deb rad etdilar. "Islom va ahli kitob", "Islom va demokratiya" shu kitobdan. Siz va Abdulaziz Mansur xabardor emishsiz. Ular nomingizdan foydalanishyapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
-Men bu odamni bilmayman. Oxirgi paytda siz aytgan noto‘g‘ri gaplarni tarqatayotganlarini eshitdim. Shogirdlarimidan siz eslab o‘tgan domlalar unga qarshi tushuntirish ishlarini o‘z zimmalariga olganlar. Mazkur shaxs va unga o‘xshaganlardan hammamiz ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

26 Май 2022, 20:00 | Савол-жавоблар | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar