Namozni avvalroq o‘qish

Alloh qilayotgan ishlaringizni bardavom qilsin, ajru mukofotini ikki dunyoda ham ziyodasi bilan bersin. Hazrat biz hozir Rossiyaning bir shahrida musofirchilikdamiz. Bu erda namoz vaqti bomdod azoni 2,54 da, ko‘yosh (kun chiqish) vaqti 5,08 da, asr 19,00 da, shom 21,44 da, xufton 23,50 da (bu 21may kunidagi taqvim). Biz asosan shom vaqtiga yaqin ishdan bo‘shaymiz, bizda ya’ni Namanganda masjidda namoz vaqti shom bilan xufton namozni oralig‘idagi vaqt 1 soat 35 minut edi. Savolim bu erda ham shom namozidan keyin 1 soat 35 minutdan keyin xufton namozni o‘qisak bo‘ladimi? Bomdod namoziga turish ham biroz qiyin bo‘lmoqda. Yozda xufton 24,30 largacha boradi. Keyin biz chekka bir qishloqda bo‘lganimiz uchun taqvimni faqat telefondagi «muslim pro» programmasi orqali aniqlaymiz, shu va shunga o‘xshash programmalarda Quronni ko‘plab davlatlarning tiliga tarjima qilingan, jumladan o‘zbek tilidagi tarjimada "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" ya’ni sizning ismingiz chiqadi, bunday dasturlar juda ko‘p. So‘ramoqchi bo‘lganim bu tarjimalar "Tafsiri hilol"mi? Vaqtingizi olganim uchun uzr so‘rayman va javob uchun oldindan rahmat aytaman. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin, omiyn. Assalomu alaykum. rahmatullohi va barokatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xuftonni o‘sha erning taqvimi bo‘yicha o‘qiganingiz yaxshi. Mazkur ma’nolar tarjimasini biz qilganimiz yo‘q. Kimlardir o‘zboshimchalik bilan va bizning ruxsatimizsiz qilishgan. Bu musulmonchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi.

26 Май 2022, 20:01 | Савол-жавоблар | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar