Qanday javob bersam bo‘ladi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat, men hozir safardaman. Bazida bu erdagi kishilar dinimiz haqida so‘rab qolishadi. Bilganimcha javob beraman. Juda qiziqishadi. Ulardan biri menga payvandlashni o‘rgatgan kishi. U kishi bilan yangi tanishganimda babtistligini aytgandi. Barcha dinlardan xabari bor. Bir kuni suhbatlashib o‘tirganimda «Agar men Islomni haq dinligini isbotlovchi dalilni topsam albatta Islomni qabul qilaman» dedi. Men bilganimcha tushuntirishga harakat qildim. Lekin ... Ustoz nima maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odamning tilida Islomni tushuntiradigan kitob sovg‘a qiling.

26 Май 2022, 20:04 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar